date
views 2 821

Iste’molchi: karantinda qarzdor bo‘lmaslik lozim

Iste’molchi: karantinda qarzdor bo‘lmaslik lozim
Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar va talab-istaklariga ko‘ra, karantin vaziyatida yana bir qulaylik yaratildi.

Endilikda, tuman hokimliklari hamda poytaxtimizdagi dehqon bozorlari tomonidan har kuni 100 dan ortiq mahallada tashkil etilayotgan arzonlashtirilgan mahsulotlar savdo yarmarkasiga kelgan fuqarolarimiz foydalangan elektr, gaz va maishiy chiqindilar xizmati uchun to‘lovlarni – MIB Toshkent shahar boshqarmasining hududiy tuman bo‘limlari joylarda tashkil etgan sayyor kassalari orqali naqd va plastik kartochklari orqali amalga oshirishlari mumkin.

Joriy yilning 07 aprel kuni poytaxtimizning Shayxontoxur tumanining “Taxtapul” va “Koxota” mahallalarida tashkil etilgan sayyor yarmarkalarda ishtirok etgan fuqarolarning 25 nafari bir yo‘la o‘zlarining kommunal xizmatlar uchun 18 mln. so‘mdan ortiq to‘lovlarni amalga oshirib, kelgusidagi katta miqdordagi qarzdor bo‘lishlarini oldini olishdi.

Uyda qoling, karantin qoidalariga rioya qiling. Salomat bo‘ling!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Iste’molchi: karantinda qarzdor bo‘lmaslik lozim