date
views 2 659

Nega karantin vaqtida velosiped uchish yoki yugurish mumkin emas?

Nega karantin vaqtida velosiped uchish yoki yugurish mumkin emas?
Ayni damda O‘zbekistonda "o‘zini yakkalash" hayot tarzi e’lon qilingan.
Faqat oziq-ovqat do‘koni yoki dorixonaga borish uchun ko‘chaga chiqish mumkin. Hech kim bilan muloqot qilmasangiz ham yugurish mumkin emas.

Bunday qoida hamma yerda ham ishlamayapti. Yevropaning ba’zi mamlakatlarida ko‘chada mashg‘ulot o‘tkazish mumkin, ammo bu xato bo‘lishi mumkin.
Belgiya va Gollandiya olimlari masofa saqlab yugurish yoki velosipedda sayr qilish xavfsizligi borasida tadqiqot o‘tkazishdi. Hozir ko‘plab mamlakatlarda 1-2 metr masofa saqlash kerakligi haqida maslahatlar berishmoqda, ammo ma’lum bo‘lishicha bu faqat bino ichida yoki sust shamolda ish beradi.

Yugurish paytida odam havoda bulut bo‘laklarini qoldirib nafas oladi, aks uradi yoki yo‘taladi. Uning ortidan kelayotgan kishi mana shu bulutchalar ichidan o‘tadi.

Qizil nuqtalar - eng yirik bo‘laklar. Ular katta ehtimol bilan sizni virus bilan zararlaydi (agar oldingizdagi kasal bo‘lsa), biroq qizil nuqtalar tez yerga tushadi. "Siz ushbu bulutcha orasidan o‘tib ketishingiz mumkin, ammo uning ba’zi qisimlari kiyimingizga o‘rnashib qoladi" - deydi professor Bert Bloken.

Modellashtirish shuni ko‘rsatdiki, masofa saqlab yugurish faqat yonma-yon harakatlanayotgan ikki kishida foyda beradi. Shu holatdagina bulutchalar yerga qo‘nadi. Oldinma-ketin yugurgandagina virus yuqtirib olish ehtimoli paydo bo‘ladi. Velosiped uchishda ham xuddi shunday.

Olimlarning xulosasi:
Bir yo‘lakda harakatlanayotgan piyodalar orasidagi masofa kamida 4-5 metrni tashkil qilishi kerak, yugurish yoki velosipedda sekin harakatlanuvchilar o‘rtasida 10 metr, katta tezlikdagi velosipedlar uchun kamida 20 metr.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nega karantin vaqtida velosiped uchish yoki yugurish mumkin emas?