Qashqadaryo hokimining Shahrisabzga tashrifi ortidan mas’ullar hayfsan oldi

Foto: Qashqadaryo hokimligi
Qashqadaryo hokimi Zoir Mirzayevning Shahrisabz shahriga tashrifi ortidan 10 aprel soat 00:01 dan e’tiboran shaharga kirish-chiqish taqiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Zoir Mirzayev 9 aprel kuni Shahrisabz shahri va Yakkabog‘ tumanida bo‘lgan. Hokim tashrifi chog‘ida Amir Temur tavalludining 684 yilligi munosabati jonliq so‘yilib, Qur’on tilovat qilingan.

Foto: Qashqadaryo hokimligi
Viloyat hokimi tashrifi davomida Shahrisabz shahri va Yakkabog‘ tumanida karantin qoidalariga qay darajada amal qilinayotgani bilan tanishgan. O‘rganish jarayonida bir qator kamchiliklar aniqlangan.

Foto: Qashqadaryo hokimligi
Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan mas’uliyatsizlik qilgan sanitariya-epedimiologik osoyishtalik markazining Shahrisabz shahar va Yakkabog‘ tumani bo‘limi rahbarlari Faxriddin Jumanov hamda Ozoda Eshqobilovaga, shuningdek sanitariya-epedimiologiya nazorati inspeksiyasi Shahrisabz shahar va Yakkabog‘ tuman filiali rahbarlari Q.Xudoyqulov va Ch.Qodirovga hayfsan berilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Qashqadaryo hokimi Zoir Mirzayevning Shahrisabz shahriga tashrifi ortidan 10 aprel soat 00:01 dan e’tiboran shaharga kirish-chiqish taqiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Izohlar 0
…