13:35 / 10.04.2020
6 729

Koronavirusdan sog‘aygan o‘zbekistonlik tibbiyot xodimi: «Bu yomon kasallik ekan»

Koronavirusdan sog‘aygan o‘zbekistonlik tibbiyot xodimi: «Bu yomon kasallik ekan»
Malohat Nosirova.
O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning sakkiz nafari 9 aprel kuni sog‘ayib, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan reabilitatsiyaga o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi. Sog‘ayib chiqqanlar orasida avvalroq koronavirus yuqtirib olgani aytilgan tibbiyot xodimlari ham bor.

Avvalroq Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti xodimlaridan 11 nafari koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgani haqida xabar berilgan edi. Ulardan biri — Malohat Nosirova 9 aprel kuni klinikadan chiqarkan, «O‘zbekiston 24» telekanaliga intervyu bergan.

«O‘zimni yaxshi his qilyapman. Ortda qolgani rost bo‘lsin. Bu yomon kasallik ekan. Ehtiyot bo‘lib ishlash kerak ekan. Men bu yerda xodim bo‘lib ishlardim. Bizni shunchalik davolashgani uchun rahmat. Yaxshi qarashdi. Hammamiz sog‘-salomat oilamiz bag‘riga yetib olaylik», — deb aytgan Malohat Nosirova.

Eslatib o‘tamiz, 26 mart kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev bemorlar bilan ishlash vaqtida koronavirus yuqtirib olgan tibbiyot xodimlariga 100 million so‘m miqdorida alohida to‘lov berilishini ma’lum qilgan edi.

Ma’lumot uchun, 10 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda 624 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan — ularning 38 nafari sog‘aygan, uch nafari vafot etgan. Bundan tashqari, xorijda kamida 23 nafar o‘zbekistonlik koronavirusga chalingan, ularning uch nafari (uchalasi ham AQSHning Nyu-York shahrida) vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirusdan sog‘aygan o‘zbekistonlik tibbiyot xodimi: «Bu yomon kasallik ekan»