
Videolavhadan skrinshot
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida koronavirus kasalligiga chalingan prokuratura xodimi va uning oila a’zolari bilan muloqotda bo‘lgan shifokor bemorlarni qabul qilishni davom ettirayotganligi sababli tegishli chora ko‘rish kerakligi haqidagi audioyozuvlar tarqalgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, fuqaro A.J. karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni internet tarmog‘i orqali tarqatish maqsadida, 2020 yil 7 aprel kuni Jizzax viloyati bo‘yicha tuzilgan koronavirus shtabiga qo‘ng‘iroq qilib, shtab navbatchisiga koronavirus kasalligiga chalingan prokuratura xodimi va uning oila a’zolariga tibbiy yordam ko‘rsatgan «Doktor A» xususiy shifoxonasi shifokori xaligacha o‘z shifoxonasida bemorlarni qabul qilayotganligi sababli tegishli chora ko‘rish kerakligini bildirgan.
So‘ng, u viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziga ko‘ng‘iroq qilib, javob bergan navbatchilarga «Doktor A» xususiy shifoxonasi shifokorini tekshirib ko‘rishligini aks holda ular bilan bo‘lib o‘tgan suhbat jarayoni yozib olingan audioyozuvni internet tarmog‘i orqali tarqatib yuborishini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan 09.04.2020 yilda fuqaro J.A.ga nisbatan JKning 244-5-moddasi (Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar