“Agar Stalin va uning tuzumi shunchalik yomon bo‘lgan bo‘lsa, nima uchun uning vaqtida kuchli olim va yozuvchilar ko‘p bo‘lgan-u, hozir esa yo‘q?”, degan “mantiqiy” savol bilan stalinizmni oqlamoqchi bo‘lishadi.
“Tizimli fikrlash” degan narsa bor. Unga ko‘ra, sabab va oqibatlar o‘rtasida vaqt omilini inobatga olish muhim, agar bir vaqtning o‘zida ikki hodisa yonma-yon turganini ko‘rsangiz, biri ikkinchisini keltirib chiqargan, degan xulosaga shoshilmang. Daraxt ekish va meva olish bir vaqtning o‘zida sodir bo‘lmaydi.
Yuqoridagi savolda ham shu tarzdagi mantiqiy xatolik mavjud. Gap shundaki, o‘sha vaqtdagi olimlar va yozuvchilarni Stalin tarbiyalab chiqarmagan. Ular bolsheviklar inqilobidan oldingi davrning, fan va tafakkur “inqilobi” farzandlari edi. Umuman olganda, 19-asr o‘rtalaridan boshlab, 20-asr davomida fan va adabiyot sohasida G‘arbu-Sharq bo‘ylab katta sakrash ro‘y bergan edi.
Ilmiy-ma’rifiy meros bir avlodning o‘zida emas, balki, ketma-ket kelgan bir necha avlodlarda shakllanadi. Katta olimlar, yozuvchilar, ilm-fan institutlari o‘sishi faqat Sovet Ittifoqida emas Amerika, Germaniya, Fransiya davlatlarida ham xuddi o‘sha vaqtda kuchaygan edi. Turkiya, arab o‘lkalari, Janubiy Osiyoda ham sezilarli darajadagi ma’rifiy siljish o‘sha davrda kuzatilgan edi. O‘zimizdagi “besavodlikka qarshi kurash” jarayonini ham o‘limga mahkum qilingan jadidlar boshlab bergandi.
Stalin fan va ma’rifat sohasiga real hissasini qo‘shgani rost: qatag‘onlar, ideologik manqurtlash, erkin fikrni bo‘g‘ish, eng sara odamlarni o‘ldirib yuborish va hokazo. Buning haqiqiy mevasi ham darrov bilinmadi, eski mevali daraxtlar qurib, yangi yantoqlar o‘sib chiqdi va urchidi. Achchiq mevasini xozirgacha yeyapmiz.
Yosh bola ham tushunadigan haqiqat: hozir turgan yerimizga avval bosib o‘tilgan yo‘l bilan keldik. Hozir esa qaysi yo‘ldamiz? Qayoqqa qarab ketyapmiz? Tafakkur qilmaymizmi?
Eslatma: Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.
Jamshid Muslimov
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi