date
views 3 839

DXX qariyb 2 kg 300 gr. “opiy” va 6 kg 456 gr. “gashish” moddalarini musodara qildi

DXX qariyb 2 kg 300 gr. “opiy” va 6 kg 456 gr. “gashish” moddalarini musodara qildi
DXX Toshkent viloyati boshqarmasi hamda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida Olmaliq shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1979 y.t. Asrayev J.U. to‘xtatilib tekshirilganda, uning yonida 975 gr. “gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi. Uning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda esa sotish uchun mo‘ljallangan 2 kg 569 gr. “gashish” hamda 1 kg 997 gr. “opiy” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi. Aniqlanishicha, ushbu zahri qotilni 1988 y.t. Tojiboyev L.M. Tojikiston Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali Asrayevga yetkazib bergan. Tadbir davomida Tojiboyev ham ushlandi.

Navbatdagi tezkor tadbir Toshkent shahrining Chilonzor tumanida o‘tkazildi. Mazkur tumanning 9-mavzesida harakatlanib ketayotgan “Lasetti” rusumli avtomashina tekshirilganda, mazkur mashina ichida bo‘lgan fuqarolar 1972 y.t. Otaxonov J.R. va 1970 y.t. Mirzayev A.M.larga tegishli bo‘lgan polietilen paket ichidan 1 kg 968 gr. “gashish” giyohvandlik moddasi topildi.

DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda esa Marg‘ilon shahrida yashovchi 1980 y.t. Axmadaliyev Sh.T. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashina Quva tumani hududida to‘xtatilib tekshirilganda, mashinaning oldi o‘rindig‘i tagidan 944 gr. “gashish” moddasi topildi va ashyoviy dalil tariqasida olib qo‘yildi.

DXX Buxoro viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1979 y.t. Mirzayev M.O. Samarqand viloyati Tayloq tumani “Madaniyat” mahallasi xududida qariyb 100 gr. “opiy” giyohvandlik vositasini 17 mln. so‘mga sotayotgan vaqtida ushlandi. Mirzayev ushbu “opiy” moddasini 1975 y.t. Toshpo‘latova J.K.dan olganligi ma’lum bo‘ldi va Toshpo‘latovaning uyi ko‘zdan kechirilganda xonadon yerto‘lasida 200 grammdan ko‘proq “opiy” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtrib olindi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida qariyb 2 kg 300 gr. “opiy” va 6 kg 456 gr. “gashish” giyohvand moddalari musodara qilindi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari ko‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX qariyb 2 kg 300 gr. “opiy” va 6 kg 456 gr. “gashish” moddalarini musodara qildi