
Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 12 aprel kuni soat 06:43da Kattaqo‘rg‘on shahri, «Go‘zalkent» mahallasi, Bobur ko‘chasida joylashgan ikki qavatli uylarning birida is gaz siqilishi natijasida chaqnash sodir bo‘lgan.
Portlash oqibatida ikki qavatli binoning bitta pod’ezdi qulab tushgan.
«Chaqnash oqibatida ikki nafar fuqaro olgan tan jarohatlari natijasida vafot etdi, besh nafar fuqaro turli tan jarohatlari bilan Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasiga joylashtirildi», deyiladi vazirlik xabarida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar