Ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarga yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘lik va ko‘chatlar xarid qilish uchun aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari orqali subsidiyalar ajratiladi. Subsidiya beg‘araz yordam va uni qaytarish talab etilmaydi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot kotibi Shahnoza Ravshanova AOKAda o‘tkazilgan brifingda aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari orqali tomorqadan foydalanish uchun subsidiyalar olish mumkinligi haqida ma’lum qildi.
«Buning uchun, dastlab, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan fuqaroning bandligi va tomorqa yer maydoni o‘rganib chiqiladi. So‘ng unga yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, ko‘chat va urug‘lik yoki sug‘orish vositalari xarid qilishi uchun «Tomorqa xizmati» MCHJ, Aholi bandlikka ko‘maklashish markazi va tomorqa yer egasi tomonidan 3 tomonlama shartnoma tuziladi», dedi Shahnoza Ravshanova.
Shahnoza Ravshanovaning ta’kidlashicha, mana shu asosda fuqaroga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 10 baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiya ajratiladi.
«Subsidiya bu – beg‘araz yordam va uni qaytarish talab etilmaydi. Bunday turdagi subsidiyalarni fuqarolar faqat issiqxona qurish uchun emas, balki urug‘lik, ko‘chat sotib olish uchun ham ishlatishi mumkin», dedi Shahnoza Ravshanova.
Uning qo‘shimcha qilishicha, aprel oyining o‘zida ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarga yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘lik va ko‘chatlar xarid qilish uchun 20 ming shaxsiy tomorqa uchun 35,4 million so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi.
Shuningdek, agar subsidiya olishda muammolar bo‘lsa, vazirlikning (+71) 200-06-00 raqamiga murojaat qilish so‘raladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi