2 363
Toshkentda haydovchilari stikersiz harakatlangan 153ta avtomobil jarima maydonchasiga joylandi
Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
Yo‘l-patrul xizmati va Milliy gvardiya hamda sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari tomonidan 12 aprel kuni Toshkent yo‘llarida umumiy 462ta qoidabuzarliklar aniqlandi. Ulardan 205ta yo‘l harakati qoidabuzarligi faktlari qayd etildi. 247ta avtomobil jarima maydonchasiga joylandi.
257 ta avtomobil haydovchilariga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54-moddasiga (“Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish”) ko‘ra bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Ulardan 153ta avtomobil haydovchilari tegishli ruxsatnomasiz (stiker) shahar bo‘ylab harakatlanayotgani uchun jarima maydonchasiga joylandi. Ularga nisbatan SEX xodimlari tomonidan huquqbuzarlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54-moddasi 2-qismiga (“Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish”) ko‘ra bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Mazkur moddaga binoan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha ya’ni (4 mln. 460 ming so‘mdan 6 mln. 690 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha ya’ni (6 mln. 690 ming so‘mdan 11 mln. 150 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solinishi belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi
Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)