
Yurtimizda karantin vaziyat sababli poytaxtimizning barcha mahallalarda ko‘chma bozor tashkil qilinib, unga ko‘ra aholiga arzonlashtirilgan narxlarda ehtiyojdagi barcha mahsulotlar yetkazib berilmoqda.
O‘z mahallasida karantin qoidalarini buzmagan holda mahsulotlarni xarid qilish yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari, Majburiy ijro byurosi Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida, savdo yarmarkalarida sayyor kassalar ham joriy qilinib, unga asosan aholi tomonidan energiya resurslaridan tabiiy gaz, elektr energiyasi va maishiy chiqindi xizmati uchun to‘lovlarni amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.

Savdo yarmarkalarida savdo rastalari qatorida aholiga qulaylik yaratish maqsadida tashkil qilingan sayyor kassalardan iste’molchilar tomonidan iste’mol qilingan energiya resurslaridan jami bugungi kunga qadar 232 mln. so‘m to‘lovlar qabul qilindi.
Xususan, tabiiy gaz ta’minoti uchun 126 mln. so‘m, elektr energiya uchun 96 mln. so‘m miqdoridagi to‘lovlar qabul qilindi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar