
Angren shahrida Majburiy ijro byurosi shahar bo‘limi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, sektor rahbarlari, Iktisodiy jinoyatlarga karshi kurashish Departamenti shahar bo‘limi hamda, "Angren Dehqon bozori" MCHJ bilan hamkorlikda, epidemiologik vaziyat barqarorligini ta’minlash, hududga koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olish va karantin vaqtida aholiga qulayliklar yaratish maksadida tasdiklangan rejaga muvofiq shahar hududidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida muntazam ravishda ko‘chma savdo yarmarkalari tashkil etib kelinmokda.
O‘tgan haftada va bugun ham Angrenda ana shunday ko‘chma savdo yarmarkalari tashkil etildi. Xususan, "Grum", "Nishbosh", "Obliq", " Qorabog‘", "Sog‘lom". "Samarcho‘g‘", "G‘afur G‘ulom" fuqarolar yig‘inlari hamda "Dukent" qo‘rg‘onida xuddi shunday savdo yarmarkalari uyushqoqlikda tashkil qilindi.
Ko‘chma bozorda Majburiy ijro byurosi Angren shahar bo‘limi tomonidan tashkil qilingan sayyor kassalarda aholiga xizmatlar ko‘rsatildi va jami 400 mln. so‘mdan ortiq energiya resurslari uchun to‘lovlar qabul qilindi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar