Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti
2020 yilning 12 mart kunidan 13 mart kuniga o‘tar kechasi 22 yoshli I.J. o‘zining 21 yoshli tanishi Z.J. bilan oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani «Bo‘lakiyon» mahallasida yashovchi 61 yoshli G‘.T.dan o‘ch olishni maqsad qiladi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, bunga kir yuvish kukuni savdosi masalasida oldindan yuzaga kelgan o‘zaro kelishmovchilik sabab bo‘lgan.
Alamzadalar G‘.T.ga tegishli bo‘lgan uning yashash hovlisi oldida turgan «Captiva» va «Ford Tranzit» rusumli avtomashinalari ustiga benzin sepib o‘t qo‘yib yuboradi, unga ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazib, hodisa sodir bo‘lgan joyidan yashirinishadi.
Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti
Holat yuzasidan G‘ijduvon tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan J.I. va J.Z.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi «b,v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi