Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida yashovchi shifokorlar karantin qoidalariga zid ravishda to‘y o‘tkazgan. Bu haqda «Daryo» nashri ma’lum qilmoqda. Ta’kidlanishicha, to‘y 14 aprel kuni bo‘lib o‘tgan. To‘yga 50 nafar mehmon chaqirilgan.
«Kuyovning onasi bilan suhbatlashganimizda to‘yga xonanda chaqirmadik, shunchaki, kelinni olib keldik dedi», — deydi «Daryo» muxbiri bilan suhbatlashgan manba. Qo‘shimcha qilinishicha, kelinning otasi M.R. tez tibbiy yordamda bosh shifokor, onasi T.X. ham shifokor bo‘lib ishlaydi. Oila tumanning «Quruvchilar» mahallasida yashaydi. Kuyovning opasi F.A. ham oliy toifali shifokor.
Qashqadaryo sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati ijtimoiy tarmoqda tarqalgan bu xabar o‘rganilayotganini, qudalar tibbiyot xodimlari ekanligiga oydinlik kiritilishini yozgan. Ayni paytda mazkur holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi