IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi avtomobilda o‘yinchoq qurolini ko‘z-ko‘z qilib, Toshkent ko‘chalarida poyga uyushtirgan shaxslarning ijtimoiy tarmoqlarda videolari bo‘yicha ma’lumot berdi.
Instagram’da tarqalgan videoda tonirovka qilingan Captiva’ning oynasidan avtomat ko‘zga tashlanadi. Ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan surishtiruv davomida ushbu avtomatning o‘yinchoq qurol bo‘lgani aniqlandi.
YHXBB tarqatgan videoda ushbu shaxs deputatning o‘g‘li ekani, Bekobod shahrida tug‘ilgan bo‘lib, ayni paytda Buyuk Britaniyaning London shahrida tahsil olishi ma’lum qilingan.
Cobalt haydovchisi esa shu yilning 7 yanvar kuni Toshkent yo‘llaridagi xurmacha qiliqlarini tasvirga olgan. Bu ham yetmaganday, 21 yanvar kuni do‘sti bilan birgalikda Captiva hamda Malibu rusumli avtomobillarda poyga uyushtirgan. Ushbu videolar shu kunlarda Instagram’ga joylangandan keyin ichki ishlar organlari ularning iziga tushgan.
Aniqlanishicha, poygada qatnashgan Malibu haydovchisi avtomobil boshqarish huquqini beruvchi guvohnomaga ega bo‘lmasdan rulga o‘tirgan.
Ayni paytda Cobalt, Captiva va Malibu mashinalari jarima maydonlariga joylashtirilgan. Ularning haydovchilari esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi