date
views 10 135

Andijonlik biolog: “Koronavirusga qarshi dori topdim, ammo “tabibsan”, deb hech kim e’tibor bermayapti” (Video)

Andijonlik biolog: “Koronavirusga qarshi dori topdim, ammo “tabibsan”, deb hech kim e’tibor bermayapti” (Video)
Andijonlik biolog ishonch bilan koronavirusni davolovchi dori yaratganini aytyapti, lekin “Sen, tabibsan”, deb unga e’tibor berishmayotganidan o‘pkaladi:

“Nega endi biz hamma narsa chet eldan olib kelinishini kutishimiz kerak? Amerika qachon vaksinani kashf qiladi, deb kutib o‘tiramizmi? Olimlarimiz qayerga qarayapti? Otabek Nurmatov chiqib, “tabiblar” deb gapirdi. Unga qarata “Kim tabib?”, deb savol bergim keldi. Ammo onam “Qo‘y, nima qilasan urishib?” degani uchun indamadim.

Men oliy ma’lumotli biolog hamda psixologman. Tabiblar insonlarni davolamay nima qiladi? Non yopadimi? Bu narsa pandemiya deb e’lon qilindimi, pandemiya - bu urush degani. Urushda hamma narsani qo‘llab ko‘rish kerak. Biz qandaydir “roskoshlar”, moddiy manfaatlarga mukkasidan ketganimiz yo‘q. Birinchi o‘rinda insonlar haqida o‘ylaymiz, ular sog‘lom bo‘lsa o‘zimizni baxtli his qilamiz”, - deydi biolog.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonlik biolog: “Koronavirusga qarshi dori topdim, ammo “tabibsan”, deb hech kim e’tibor bermayapti” (Video)