
Bugun AOKA huzuridagi shtabda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov ishtirokida brifing o‘tkazildi.
Brifingda quyidagi muhim ma’lumotlar berildi:
"Agar siz velosipeddan foydalanib ishga qatnayotgan bo‘lsangiz, yoningizda uch xil hujjat olib yurishingiz kerak:
– pasport,
– ish joyingiz guvohnomasi yoki mehnat daftarchasidan ko‘chirma,
– aynan karantin davrida ishga jalb etilganingiz haqida tashkilotdan biron-bir hujjat (ko‘pincha bu ma’lumotnoma ko‘rinishida bo‘ladi).
Boshqa maqsadlarda velosipeddan yoki skuterlardan foydalanish karantin qoidasini buzish hisoblanadi.
Respublika maxsus komissiyasining 13 apreldagi 18 bayonida ko‘rsatilganidek, agar ko‘chada piyodalar bemaqsad yurganlari aniqlansa, niqob taqqan yoki taqmaganlaridan qat’iy nazar, OGOHLANTIRISHSIZ, ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Savdo do‘konlari va dorixonalarda fuqarolarni ijtimoiy masofa, ya’ni 2 metr masofada bo‘lishlari ta’minlanishi shart!
Agar bunga rioya etilmasa, do‘kon egalari va xaridorlar ma’muriy javobgarlikka tortiladi", dedi IIV vakili. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing