date
views 2 256

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar 185 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar 185 nafarga yetdi
Poytaxtdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlardan yana 14 nafari butkul sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vaziri mas’ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Sog‘aygan bemorlarning 10 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ulardan 8 nafari poytaxtimizdan, 2 nafari Toshkent viloyatidan va 1 nafardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarkand, Sirdaryo va Navoiy viloyatlaridan. Bemorlardan uch nafari Rossiyadan charter reysda Toshkentga kelishgan. Qolgan 11 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiyani yuqtirib olgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 56 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 185 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar 185 nafarga yetdi