
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi partaliga «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonun loyihasi joylashtirildi.
Hujjat loyihasi bilan, mahalla fuqarolari yig‘ini tizimida quyidagi bir qator yangiliklar bo‘lishi kutilmoqda:
- hududda aholiga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot va idoralar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati ustidan belgilangan tartibda jamoatchilik nazoratini o‘rnatishga ko‘maklashuvchi «Keksalar maslahati» guruhi;
- ota-onalarning farzand tarbiyasidagi huquqiy, ma’naviy-axloqiy, pedogogik, psixologik va tibbiy bilimlarini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshiruvchi «Ota-onalar universiteti» jamoatchilik tuzilmasi;
- fuqarolar yig‘ini hududidagi ko‘chalar va boshqa jamoat joylarida jinoyatchilikning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlashni ko‘zda tutuvchi «Fidokor yoshlar» jamoatchilik patrul guruhi;
- tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilmoqchi bo‘lgan, tegishli hududda yashovchi fuqarolarni iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, tadbirkorlik faoliyati va soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini o‘rgatish bo‘yicha qisqa muddatli kurslar tashkil etish, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va preferensiyalar haqida ma’lumot beruvchi Tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha maslahat markazi.
Mazkur qonun 9 bob va 71 moddani o‘z ichiga olgan.
Hujjat loyihasi muhokamasi joriy yilning 3 mayiga qadar davom etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar