date
views 3 933

Koronavirus bilan kasallanganlarning yuqtiruvchanligi qaysi pallada avjiga chiqishi aniqlandi

Koronavirus bilan kasallanganlarning yuqtiruvchanligi qaysi pallada avjiga chiqishi aniqlandi
Foto: «Keystone Press Agency»
Xitoylik olimlar koronavirus bilan kasallanganlarning yuqtiruvchanligi qaysi pallada kuchayishini aniqlashdi, deb yozmoqda «Argumenti.ru».
Mutaxassislar Guanchjoudagi Sakkizinchi xalq shifoxonasidagi bemorlarning burun va tomoq yo‘llaridan olingan tahlillarga asoslanishdi.

Bu tahlillarga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirish xavfi kasallik alomatlari (simptomlari) boshlanishiga bir yoki ikki kun qolganida avjiga chiqadi.

Xitoyliklarning xulosasi nemis olimlarining tadqiqotlari natijasiga mos keladi. Germaniyada o‘tkazilgan tajribalarda virus infeksiyasi kasallangan kishida hali alomatlar yuzaga chiqmasidan oldin, xastalikning dastlabki haftasida ishlab chiqilishi aniqlangan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus bilan kasallanganlarning yuqtiruvchanligi qaysi pallada avjiga chiqishi aniqlandi