
Majburiy ijro byurosi Chilonzor tuman bo‘limi ish yurituvidagi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 04.06.2018 yil kungi ijro hujjatlariga asosan, undiruvchi Chilonzor tuman DSI foydasiga qarzdorlar “Payvandlashqurilishmontaj” UK (“Neftgazmaxsusqurilish UK)ning 1 mlrd. 078 mln. 176 ming so‘m va “Qurilish izolyatsiyasi” UKsining 1 mlrd. 202 mln. 651 ming so‘m, jami 2 mlrd. 280 mln. 828 ming so‘m miqdoridagi soliq qarzdorligi undirish belgilangan.
Byuroning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan joriy yilning mart oyida garovdagi Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 47-uy manzilidagi ko‘chmas mulk Elektron-onlayn auksionlarida sotuvga chiqarilgan edi.
Elektron-onlayn auksionlari tashkil etish markazi davlat unitar korxonasidan kelib tushgan 2 mlrd. 353 mln. 444 ming so‘m pul mablag‘laridan, qarzdor korxonalarning jami 2 mlrd. 280 mln. 828 ming so‘m miqdoridagi soliq qarzdorligi Chilonzor tuman DSIga 2020 yil 14 aprel kuni o‘tkazib berildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar