
Majburiy ijro byurosining organlari tashabbusi bilan joylarda kam ta’minlangan oilalarning energiya resurslaridan bo‘lgan qarzdorliklar homiylar ishtirokida bartaraf qilib kelinmoqda.
Ushbu tashabbusni o‘zlariga insoniylik burchi ekanligini his qilgan holda Byuroning Zomin tuman bo‘limi xodimlari ham davom ettirishdi.
Unga ko‘ra, “Taraqqiyot” MFYda yashovchi 1-guruh nogironi M.Abduqayumovaning 200 ming so‘m, “Shirin” QFY, Nebusa qishlog‘ida yashovchi Ya.Sarimsoqovaning 150 ming so‘m hamda “G‘.G‘ulom” MFYda yashovchi D.G‘oibnazarovaning ham 150 ming so‘m elektr energiyasi iste’molidan bo‘lgan qarzdorliklari tuman majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan to‘lab berildi.
Bu kabi xayriya tadbirlarimiz “Savob ishni har kim, har kuni qilishi kerak” shiori ostida hali davom etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing