Foto: IIBB
Toshkent shahar IIBB PPX brigadasi 4-son bataloni 4-otryadi xodimlari patrullash davomida Uchtepa tumani Istirohat ko‘chasi va Toshkent xalqa avtomobil yo‘li kesishmasida ikki nafar ayolni ko‘rganlarida soat tungi ikki atrofida bo‘lgan. Ayollardan biri esa xomilador edi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Holatni tushuntirishga hojat yo‘q: yosh ayol zudlik bilan tug‘ruqxonaga yetkazilishi kerak edi. Xodimlar bo‘lajak onani va uning qaynonasini mashinaga o‘tqazib, eng yaqin shifoxona tomon yo‘l olishadi.
3-son Shahar bolalar klinik shifoxonasigacha (oldingi «Ona va bola» markazi) oz masofa qolganda ayolning dardi tutadi.
Shu onda safdor S. Muradov va B. Toshpulatovlar malaka oshirish darslarida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘rganganlarini amalda qo‘llaydi. PPX moshinasida chaqaloq dunyoga keladi. Buvi va ona PPX xodimlariga yordam uchun minnatdorchilik bildirishadi.
Yosh ona va go‘dak shifokorlarga topshirilgan. Tibbiyot xodimlarining qayd etishicha, ona va go‘dakning ahvoli qoniqarli bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi