date
views 2 093

Maxsus ruxsatnoma noqonuniy olib qo‘yilganda qayerga murojaat qilish mumkin?

Maxsus ruxsatnoma noqonuniy olib qo‘yilganda qayerga murojaat qilish mumkin?
Maxsus ruxsatnomaning bekor qilinishidan norozi bo‘lgan fuqarolar amaldagi qonunchilikka muvofiq ularning ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin. Bu haqda bugun, 22 aprel kuni, AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

- Mas’ul tashkilotlar tomonidan stikerlardan belgilangan maqsadlarga zid ravishda yoki ularni suiiste’mol qilgan holda foydalanish holatlari ko‘plab kuzatilayotganini aytib o‘tdi.

Koronavirus infeksiyasini keng tarqalishini oldini olish va e’lon qilingan karantin talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash maqsadida, O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 8 apreldagi qaroriga asosan 2020 yil 9 apreldan boshlab avtotransport vositalari harakatlanishiga davlat xizmatlari markazlari tomonidan maxsus ruxsatnoma berish to‘xtatildi.

Bunda avtotransport vositalariga mazkur sanaga qadar taqdim etilgan ruxsatnomalar asosida harakatlanish huquqi saqlab qolindi.

Agar haydovchilar maxsus ruxsatnomani yo‘nalishlari yoki belgilangan talablariga va maqsadlarga muvofiq foydalanmaganlarida maxsus ruxsatnoma bekor bo‘lishi mumkin va uning bekor qilinishi sabablari ham ko‘rsatiladi.

Ushbu holatda agar maxsus ruxsatnomaning bekor qilinishi ustidan norozi bo‘lsangiz amaldagi qonunchilikka muvofiq manfaatdor shaxs ularning ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin
, - deydi Sevara O‘rinboyeva.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Maxsus ruxsatnoma noqonuniy olib qo‘yilganda qayerga murojaat qilish mumkin?