Majburiy ijro byurosining Termiz tuman bo‘limi ish yurituviga tumanda quruvchilik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan jamiyatlardan biri 630 mln. so‘m soliq qarzdorliklarini o‘z vaqtida to‘lamaganligi uchun majburiy tartibda undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.
Byuroning tuman bo‘limi tomonidan bir necha bor rasmiy ogohlantirilishiga qaramay majburiyatini bajarishni istamagan, natijada olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bo‘lgan uy-joyi xatlangan va tegishli tartibda “E-IJRO AUKSION” savdosiga chiqarilib, savdoga chiqarilgan ko‘chmas mulk 647,0 mln. so‘mga sotilib, sotuvdan tushgan pul mablag‘lari undiruvchi Termiz tuman davlat soliq inspeksiyasining hisob raqamiga o‘tkazib berildi.
Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi hamda hududiy bo‘limlari tomonidan soliqlardan mavjud qarzdorliklarni undirishga qaratilgan nazorat tadbirlari tizimli ravishda amalga oshirilyapti. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas