2 475
Alisher Shodmonov: «Har ehtimolga qarshi yana 16 ming bemor uchun zahira o‘rni yaratildi»
Xalqaro press-klubda koronavirus pandemiyasi bo‘yicha navbatdagi sessiya boshlandi.
Unda ishtirok etayotgan Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga ko‘ra, kasallikdan davolanayotganlar ham, kasallikda gumon qilinganlar ham, karantinda saqlanayotganlar uchun xarajatlar davlat budjetidan qoplanmoqda.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinib davolanayotgan o‘rta ahvoldagi har bemor uchun 32 million so‘mdan mablag‘ sarf qilinmoqda.
Og‘ir ahvoldagi, jonlantirish bo‘limida yotgan har bir bemorlarga o‘rtacha 64 million so‘m, karantinda bo‘lib turgan fuqarolarning har biri uchun 14 kunlik karantinda davri uchun 2,4 million so‘mdan, koronavirusdan tuzalib, reabilitatsiyaga olingan har bir bemor tiklanishi uchun 2,8 million so‘mdan sarflanmoqda.
Vazir shuningdek, har ehtimolga qarshi bemorlar uchun 16 ming o‘rin va 20 ming bemorga yetadigan dori-darmon zahirasi yaratib qo‘yilganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda muxbirimiz. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi
Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak"
Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?»