
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Paxtakor tuman bo‘limi tashabbuskorligida homiylar bilan birgalikda joylarda kam ta’minlangan oilalarning energiya resurslaridan bo‘lgan qarzdorliklar bartaraf qilinmoqda.
Jumladan, Paxtakor tumanida foliyat olib boruvchi “Paxtakor Mingchinor” MCHJ rahbari B.Aslanov tomonidan homiylik asosida “G‘alaba” MFY, Bo‘ston ko‘chasida yashovchi fuqarolar J.Jumayev, O‘.Baratov, B.Bo‘riyev, A.Dadaboyev hamda “Do‘stlik” MFY, Jabborov ko‘chasi, 6/15-uyda yashovchi B.Xidirovlarga tabiiy gaz iste’moli uchun 100 ming so‘mdan pul mablag‘lari to‘lab berildi.
Ushbu sinovli kunlarda hamyurtlarimizning bir-biriga yordam qo‘lini cho‘zishi ham farz, ham qarzdir.
Bu kabi xayrli ishlar davomiydir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar