date
views 3 930

Qopda kartoshka yetishtirilmoqda

Qopda kartoshka yetishtirilmoqda
Jo‘rabek Xolmatov Qarshi shahar “Arabxona” mahalla fuqarolar yig‘ini Yangibog‘ ko‘chasi 20 uyda istiqomat qiladi. U qoplarning ichiga kartoshka urug‘ini qadadi. Aytishicha, har bir qopdan o‘rtacha 40-50 kilogrammdan hosil olishni rejalashtirgan. Shu vaqtgacha suv masalasida muammo bor edi. Sektor rahbari bu masalani ijobiy hal etish uchun unga tomchilatib sug‘orish moslamasini o‘rnatishga amaliy yordam ko‘rsatdi.

O‘zAning yozishicha, Qarshi shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, to‘rtinchi sektor rahbarligidagi ishchi guruh a’zolari xonadonma-xonadon yurib aholiga tomorqadan foydalanishning ahamiyati haqida tushuntirish ishlarini olib bormoqda.

Qarshi shahridagi “Arabxona” mahalla fuqarolar yig‘inida 953 ta xonadon mavjud. Ularda 10 ming 223 kishi istiqomat qiladi. Bugun tomorqalarda yer ag‘darish, unga ekin ekish ishlari avjida.

Ma’lumki, yerga ko‘chat qadashda bahorning bir kuni yilga tatiydi. Ishchi guruh a’zolari bu borada fuqarolarga kerakli ko‘rsatmalarni berib kelmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qopda kartoshka yetishtirilmoqda