date
views 10 165

Ming yillikning ideal jinoyati yoxud tojdor virus atayin yaratilgan...

Ming yillikning ideal jinoyati yoxud tojdor virus atayin yaratilgan...
Bugun COVID-19 uchta qismdan yig‘ilgani haqida o‘qib qoldim. Unda qayd etilishicha, tojdor virus ko‘rshapalak koronavirusi, ilon koronavirusi va OIV komponenti hisoblangan glipkoprotein oqsili hosilasi ekan.

Tabiatda bunday kombinatsiyani esa umuman uchratib bo‘lmaydi. Ya’ni mazkur “uch mushketyor” tabiiy asosda birlashishi mumkin emas.
Bugungi kundagi haqiqat parchalarini bir joyga to‘playdigan bo‘lsak, SARS-CoV-2 virusi mavjud iqtisodiy rivojlanish tizimini sifatli o‘zgartirish yo‘lida ataylab “yasalgan” va ishlatilgan deya bildirilayotan fikrda asos bordek tuyulaveradi.

Chunki bunday qilishning motivi bor, kimga foyda keltirishi ham ko‘rinib turibdi va boz ustiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamda o‘zaro bog‘langan dalillar mavjud. Chalg‘ituvchi manyovrlar esa faqatgina bundan foyda oluvchilarning maqsadlari haqidagi shubha-gumonlarni kuchaytirmoqda, xolos.

Demak, bizning oldimizda ming yillikning ideal jinoyati turibdi. Bu tor doiradagi shaxslar guruhi dunyo yetakchiligini ushlab turish uchun biologik qurolni yaratish va uni butun insoniyat miqyosida qo‘llashgacha borishganini anglatadi. Tarixda bunday hodisa ilgari umuman bo‘lmagan.

Bunday xulosa foydasiga xizmat qiladigan vajlar ham juda ko‘p, ammo uni ishonchli rad etadigan birorta asos yo‘q.

Mana tarixda muqobili bo‘lmagan genotsid haqida gapirganda aslida birinchi navbatda nimalarga e’tibor qaratish kerak. Biz misli ko‘rilmagan yovuzlik bilan to‘qnashdik va uni ham rad etishning mutlaqo imkoni yo‘qdir.

P/S: Bular shunchaki shaxsiy kuzatuvlar...

Platforma.uz telegram kanalidan olindi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ming yillikning ideal jinoyati yoxud tojdor virus atayin yaratilgan...