
2020 yilning yanvar-mart oylarida FHDYO organlari tomonidan 49,5 ming nikoh qayd etildi, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffitsiyenti 5,9 promilleni tashkil etdi.
Hududlar bo‘yicha 2020 yil yanvar-mart oylarida eng yuqori nikoh koeffitsiyenti Xorazm (10,8 promille), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (7,8 promille) Buxoro (6,9 promille) Surxondaryo (6,6 promille) viloyatlarida kuzatildi.
Hududlar bo‘yicha 2020 yil yanvar-mart oylarida eng kam nikoh tuzish koeffitsiyenti Jizzax (4,5 promille), Navoiy (4,7 promille) Namangan (4,7 promille) Qashqadaryo (5,1 promille) viloyatlarida kuzatildi.
2020 yilning yanvar-mart oylarida FHDYO organlari tomonidan 7,8 mingta nikohdan ajralishlar qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan nikohdan ajralish koeffitsiyenti 0,9 promilleni tashkil etdi.
Hududlar bo‘yicha 2020 yil yanvar-mart oylarida eng yuqori nikohdan ajrashganlar koeffitsiyenti Toshkent shahri (1,0 promille), Andijon (0,9 promille) Samarqand (0,8 promille) Toshkent (0,8 promille) viloyatlarida kuzatildi.
Hududlar bo‘yicha 2020 yil yanvar-mart oylarida eng kam nikohdan ajrashganlar koeffitsiyenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi (0,3 promille), Jizzax (0,3 promille), Navoiy (0,3 promille) va Sirdaryo (0,3 promille) viloyatlarida kuzatildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar