
AQSH kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish Markazi koronavirus belgilari sifatida yana oltita alomatni qo‘shimcha ravishda qayd etdi. Bu alomatlar koronavirus ta’sir ko‘rsatgandan so‘ng 2-14 kundan so‘ng paydo bo‘ladi — bemorlar aynan shu belgilar haqida tez-tez shikoyat qilishgan.
Avval quyidagi alomatlar ajratib ko‘rsatilgan:
- Yuqori tana harorati;
- Yo‘tal;
- Nafas olishning qiyinligi.
26 apreldan boshlab, quyidagi alomatlar ham ajratib ko‘rsatildi:
- Titroq;
- Titrab qaltirash;
- Mushaklarda og‘riq;
- Tomoqda og‘riq;
- Ta’m bilishning yo‘qolishi;
- Hid bilish qobiliyatining yo‘qolishi.
Ushbu alomatlarning barchasi birgalikda yoki alohida ham paydo bo‘lishi mumkin. Agar ularning bir nechtasi namoyon bo‘la boshlasa, zudlik bilan shifokorga murojaat etish tavsiya qilinadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar