date
views 2 119

MIB: xayrli ishning kechi yo‘q...

MIB: xayrli ishning kechi yo‘q...
Mamlakatimizda koronavirus epidemiyasi tufayli e’lon qilingan karantin, ayniqsa kam ta’minlangan, ehtiyojmand va nogironi bor bo‘lgan oilalarga jiddiy sinov bo‘ldi. Biroq, xalqimiz orasida sahovatpesha kishilar ko‘pligi bois kam ta’minlangan va muhtoj oilalar e’tibordan chetda qolayotgani yo‘q. Koronavirus pandemiyasi davrida ehtiyojmand, kam ta’minlangan yurtdoshlarmizni moddiy va ruhan qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilayotgan saxovat va xayriya tadbirlarida milliy qadriyatlarimizning asosi – mehr-oqibatlilik tamoyillari yanada teranroq namoyon bo‘lmoqda.

Shunday hayrli tadbirlar Majburiy ijro byurosi Romitan tuman bo‘limi tomonidan ham amalga oshirib kelinmoqda.
Romitan tumanining “Tarnaut” mahalla fuqarolar yig‘ini “Xo‘jalar” qishlog‘ida yashovchi ijtimoiy yordamga muhtoj Gulsara Muzaffarovaning 1 115 000 so‘mlik ma’muriy jarimasi va “O‘ba” mahalla fuqarolar yig‘ini “Soqijon” qishlog‘ida yashovchi nafaqaxo‘r Tursunov Nor Jo‘rayevichning 1 115 000 so‘m ma’muriy jarimasi Majburiy ijro byurosi Romitan tuman bo‘limi tashabbusi bilan olib borilgan tushuntirishlar natijasida “Gazlineftgazqazibchiqarish” unitar sho‘’ba korxonasi homiy sifatida 2 230 000 so‘m jarimalar to‘lab berildi.

Tumandagi “Urganjiyon” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Xudoyqulov Bahriddin Barnoyevich voyaga yetmagan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment to‘lab borishi kerak. U ozodlikdan mahrum etish joyidan jazoni o‘tab qaytgan, kunlik ish bilan band bo‘lib, topgan daromadi hisobidan ushbu otalik majburiyatini vaqtincha ado eta olmay kelayotgan bo‘lib, karantin sharoitida aliment to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmay qoldi.

Shu vajdan boshi qotib turgan B.Xudoyqulovga xalqimizga xos saxovatpeshalik fazilati bilan yordam qo‘li cho‘zildi. Majburiy ijro byurosi Romitan tuman bo‘limi tashabbusi bilan olib borilgan tushuntirishlar natijasida “Gazlineftgazqazibchiqarish” unitar sho‘’ba korxonasi homiy sifatida aliment to‘lovidan 1 358 456 so‘m qarzini undiruvchi Ro‘ziyeva Xurshida Qayumjonovnaga to‘lab berdi.

Huddi shunday, tumandagi “Yomg‘ir” qishlog‘ida ehtiyojmand va vaqtincha ishsiz bo‘lgan Sultonov Avezmurod Shomurodovichning ikki nafar farzandi uchun 1 811 275 so‘m aliment qarzdorligi undiruvchi Mo‘minova Dilorom Mubinovnaga va Fayziyev Farux Rustamovichning bir nafar farzandi uchun 1 358 456 so‘m aliment qarzdorligi Avezova Maqsad Jo‘rayevnaga “Gazlineftgazqazibchiqarish” unitar sho‘’ba korxonasi homiy sifatida aliment to‘lovidan qarzdorliklar to‘lab berdi.

Bundan tashqari, Byuroning Romitan tumani bo‘limi tomonidan kam ta’minlangan, ehtiyojmandligi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshira olmay turgan oilalarning muammolari insonparvarlik tamoyili asosida tashabbuskor homiylar yordamida hal qilinmoqda- deydi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Shokirov Akbar Olimovich. “Gazlineftgazqazibchiqarish” unitar sho‘’ba korxonasining 60 mln. so‘mlik va “Romitandavmaxsussuvpudrat” korxonasining 5 mln. so‘mlik homiyligi natijasida 300dan ortiq muhtoj kishilarning ijro hujjatlaridagi qarzdorliklarni bartaraf etishga qaratildi. Mazkur xayrli tadbirlar ettirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: xayrli ishning kechi yo‘q...