date
views 4 609

Qirga qochgan qorako‘lliklar. Amudaryo toshishi rostmi?

Qirga qochgan qorako‘lliklar. Amudaryo toshishi rostmi?
Buxoroga 27 aprel oqshomida Turkmanistondan kuchli shamol yopirildi. Bu ofatdan Olot va Qorako‘l tumanlari jabr ko‘rdi.
Natijada energetika ob’ektlari ishdan chiqdi. Aholi o‘rtasida esa buning oqibatida Amudaryodagi nasoslar ishlamay qolgani uchun kuchli suv toshqini bo‘lishi haqida xabarlar tarqaldi. Suv toshishidan qo‘rqqan Qorako‘l aholisi Zamonbobo qirga qochdi.

Hokimlik xabarlarni rad qilgach barcha uyiga qaytdi.
Mazkur voqeaga O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi ham aniqlik kiritdi.

Ma’lum qilinishicha, Amudaryoning O‘zbekiston hududiga kirib keladigan nuqtasidagi Termiz suv o‘lchash postida hozirda o‘rtacha 1300 m3/sek. suv oqib o‘tmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘rtacha ko‘p yillik me’yorga nisbatan 3–4 baravarga kamdir. Shuningdek, Amudaryoning Buxoro viloyatiga suv olish hududida joylashgan Atamirat suv o‘lchash postida ham bugungi kunda o‘rtacha 805 m3/sek. suv oqib o‘tayotgan bo‘lib, ko‘p yillik me’yorga nisbatan 4 baravarga kamdir.

Amudaryoning asosiy irmog‘i bo‘lgan Vaxsh daryosida joylashgan Tojikistonning Nurek suv ombori umumiy hajmi 10,5 mlrd. m3 bo‘lib, bugungi kunda mazkur suv omborida suv hajmi bor-yo‘g‘i 6,2 mlrd. m3 ni tashkil etadi yoki suv omborda suv zaxirasi deyarli qolmagan (suv omborining o‘lik suv hajmi 6,0 mlrd. m3).

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamrayev Amudaryodagi suv resurslariga bog‘liq vaziyatni Tojikiston Respublikasi Suv va energetika vaziri Usmonali Usmonzoda bilan telefon orqali muhokama qilgan. Tojikistonlik vazir suhbat davomida Amudaryoda hech qanday toshqin bo‘lishi mumkin esmasligi va bunga biror-bir omil yo‘qligini ta’kidlagan.

Shundan ko‘rinib turibdiki, Amudaryoda suv ko‘payishi kuzatilayotgani yo‘q va bunga hech qanday sabab ham mavjud emas
”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Kaspiy dengizida suv toshqini bo‘lib, O‘zbekiston hududiga, shu jumladan, Olot va Qorako‘l tumanlarigacha yetib kelishi borasida tarqalgan mishmishlar mutlaqo asossizdir. Chunki xalqaro sathlar shkalasiga (Boltiq tizimiga) nisbatan Kaspiy dengizining suv sathi 27 metr pastda, Olot va Qorako‘l tumanlarining yer sathi esa o‘rtacha 190 metr yuqorida joylashgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, Kaspiy dengizining suv sathi Olot va Qorako‘l tumanlari yer sathidan o‘rtacha 217 metr pastda hamda 950 km uzoqlikda joylashgan.

Suv xo‘jaligi vazirligi xalqimizga shuni katta ishonch bilan ta’kidlaydiki, Amudaryoda, qolaversa, Olot va Qorako‘l tumanlarida hech qanday suv toshqini kuzatilmayapti va hozirgi sharoitda buning aslo ehtimoli ham mavjud emas.
Shu sababli halqimizni turli mishmishlarga va asossiz xabarlarga ishonmasliklarini so‘rab qolamiz
”, deyiladi xabarda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qirga qochgan qorako‘lliklar. Amudaryo toshishi rostmi?