
29 aprelda AOKA huzuridagi shtabda Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ishtirokida brifing o‘tkazildi.
Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.
- Otam ehtiyot chorasi sifatida hibsda ushlab turilibdi, sud ishlari karantin tufayli to‘xtatilgan deyishmoqda. Endi karantin tugaguncha hibsda ushlab turadimi?
- Qonun hujjatlarida jinoyat ishlarini karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi munosabati bilan to‘xtatish nazarda tutilmagan.
Dastlabki tergov yoki surishtiruv tugatilganidan so‘ng jinoyat ishi tegishli tartibda sud organlariga yuboriladi.
Sud organlari tomonidan shaxsga jazo muddatini tayinlashda, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan davri, albatta, hisobga kiritiladi.
- Agar karantin muddati cho‘zilsa avtomaktablarda onlayn dars olib borish joriy qilinishi mumkinmi?
- Bugungi kunda avtotransport haydovilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha masofaviy o‘qitish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar mavjud emas.
Lekin, zarurat tug‘ilganda o‘qitish konsepsiyasiga asoslangan holda masofaviy ta’limning o‘quv jarayonini ta’minlovchi o‘qitish metodi va uslublar majmuasi shakllantirilsa, masofaviy ta’limni joriy etish mumkin.
- Men faoliyatiga ruxsat etilgan «kimyoviy tozalash» korxonasi yoki avtoservisga mijoz sifatida borsam bo‘ladimi?
- Bo‘ladi. Faqat karantin cheklovlari choralariga qat’iy amal qilgan holda.
- Avtomobilimga ehtiyot qismlarni sotib olish yoki ta’mirlash uchun shaxsiy avtomobilimda borsam bo‘ladimi?
- Yo‘q. Karantin tufayli shaxsiy avtomobilda harakatlanish hanuzgacha cheklanadi.
Avtomobilingiz uchun nimadir sotib olishingiz kerak bo‘lsa, yetkazib berish (dostavka) xizmatidan foydalanishingiz mumkin.
Avtomobilingizga tezkor ta’mir zarur bo‘lsa, siz evakuator chaqirishingiz mumkin, ular kerakli joyga avtomobilingizni yetkazishadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar