
O‘zbekistonda 30 aprel kunidan ayrim karantin choralari yumshatilmoqda. Xususan, shaxsiy avtomobilda kunning ayrim vaqtlarida harakatlanishga ruxsat beriladi. Bu haqda prezident ishtirokidagi videoselektorda ma’lum qilingan.
«Fuqarolarga shaxsiy avtomobillaridan ertalab 7:00dan 10:00gacha hamda 17:00dan 20:00gacha foydalanishga ruxsat beriladi.
Bunda ishga borish-kelish, shifoxona, dori-darmon xarid qilish asosiy maqsad bo‘lishi kerak», deyiladi Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning telegramdagi kanalida.
Shuningdek, ota-onalarga farzandlari bilan o‘z uy atrofida sayr qilishga ruxsat beriladi. Bunda karantin qoidalariga rioya etish talab qilinadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar