2 534
Erkaklarning koronavirusdan o‘lim darajasi ayollarga nisbatan 2,5 baravar yuqori ekanligi aniqlandi
Foto: AP
Xitoylik olimlarning yangi tadqiqotlariga ko‘ra, erkak va ayollarning koronavirusga chalinish darajasi bir xil, ammo kasallik erkaklarda og‘irroq kechadi va ularda ayollarga nisbatan o‘lim ko‘proq yuz beradi.
Yanvar boshlaridayoq xitoylik shifokorlar koronavirus yuqtirganlar orasida erkaklarning ayollarga nisbatan ko‘proq ekanligiga e’tibor qaratishgandi. Ular 1100 nafar bemorning klinik ma’lumotlarini o‘rganib chiqishdi va 2003 yilda SARS koronavirusiga chalingan 524 kishining ma’lumotlari bilan solishtirib chiqishdi.
Dastlabki xulosada surunkali kasalliklari bo‘lgan keksa yoshdagilar orasida o‘lim darajasi yuqori bo‘lishi tasdiqlandi. SARS-CoV-2 koronavirusiga chalingan erkak va ayollarning yoshi bir xil edi, ammo erkaklarda kasallik og‘ir kechishi kuzatildi.
Qayd etilishicha, kasallik erkaklarning yoshidan qat’i nazar ularda og‘ir kechgan.
Navbatdagi tahlil erkaklar orasida o‘lim darajasi ayollarga nisbatan 2,5 baravar yuqori ekanligini ko‘rsatdi.
Olimlar natijalarni SARS epidemiyasi bilan solishtirib ko‘rib, o‘xshash holatni aniqladi.
«Bu natijalar hozircha dastlabki xarakterga ega, ammo koronavirus erkaklar uchun nisbatan xatarli deb hisoblash imkonini beradi», — deyiladi tadqiqot xulosasida.
Ushbu xulosa Fransiya, Germaniya, Janubiy Koreya va Erondagi bemorlarning klinik ma’lumotlari orqali ham tasdiqlangan. Bu davlatlarda koronavirusdan vafot etgan erkaklar soni ayollarga nisbatan ikki baravarga ko‘proqni tashkil etadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi