15:45 / 30.04.2020
3 858

Bozorda qo‘sh velosiped boshqargan shaxs qamoqqa olindi

Bozorda qo‘sh velosiped boshqargan shaxs qamoqqa olindi
Foto: Postda
2020 yil 26 aprel kuni soat 11:00 larda Quva tumanida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan Sheraliyev Ozodbek Quva tumani markazidagi dehqon bozorida ikkita vilosipedni ko‘pchilik ichida boshqarib, xaydab boradi.

Buni ko‘rgan IIB xodimi undan unga tegishli bo‘lgan velosipedlardan tushib, yetaklab yurishini, bozor hududida va karantin davrida velosiped boshqarish mumkin emasligini tushuntirganda u IIB xodimi bilan janjallashib, xoxlagan tartibda va xoxlagan joyida boshqarishini aytib, huquqbuzarlik sodir qiladi. Unga nisbatan IIB hodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari o‘tkazilib, ma’muriy ish Quva tuman ma’muriy sudiga yuboriladi.

28.04.2020 yil kuni Quva tuman ma’muriy sudi tomonidan huquqbuzar O.Sheraliyevga nisbatan ma’muriy ish ko‘rib chiqilib, unga karantin qoidalarini buzganlik va mayda bezorilik hamda IIB xodimini qonuniy talabini bajarmaganligi uchun 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlanadi.

Quva tuman ma’muriy
sudi sudyasi: A.Jumayev

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bozorda qo‘sh velosiped boshqargan shaxs qamoqqa olindi