Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi mamlakatda karantin cheklovlari yumshatilishi o‘quv markazlari faoliyatini davom ettirishiga asos bo‘lmasligi haqida ma’lum qildi.
«Ma’lumki, yurtimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida karantin e’lon qilinib mamlakatimizdagi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida faoliyat to‘xtatilgan.
Shuning uchun Respublika maxsus komissiyasining davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonlarini davom ettirish bo‘yicha tegishli qarori qabul qilingandan so‘ng o‘quv markazlarida ta’lim jarayonlarini tashkil etish mumkin bo‘ladi», deyiladi Ta’lim inspeksiyasi xabarida.
Ta’lim inspeksiyasi o‘quv markazlariga karantin davrida o‘quv markazlariga o‘z kurs qatnovchilariga masofaviy shaklda ta’lim berib borishni tavsiya qilgan.
Bundan tashqari, inspeksiya uy sharoitida 3-4 nafar bolaga dars o‘tish ham karantin qoidalariga zid ekanligi haqida ogohlantirib, bu kabi usullardan foydalanmaslikka chaqirdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!