
Karantin vaqtida fuqarolardan AOKA shtabiga kelib tushayotgan savollarga Adliya vazirining matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva javob bermoqda:
Savol: O‘g‘lim karantin vaqtida 26 martdan 26 aprelgacha o‘z hisobidan ta’tilga chiqdi. 20 aprel kuni ishxonasidan telefon qilib, uning o‘z hisobidan yozgan arizasi muddati tugaganini aytib, qaytadan 20 apreldan 1 iyungacha yangisini yozdirishdi. O‘z hisobidan 2 marotaba ketma-ket ariza yozsa ishdan bo‘shatiladimi? 2 marta o‘z hisobidan ariza yozish qonuniymi?
Javob: Mehnat qonunchiligiga ko‘ra xodimning arizasiga ko‘ra, unga ish haqi saqlanmagan holda ta’til berilishi mumkin, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi, lekin u o‘n ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq bo‘lmasligi kerak. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar