3 715
Dehqonobodda bir kunda 37 bosh qo‘y va ho‘kiz so‘yilib, «Saxovat va ko‘mak» xayriya karvoni sifatida qishloqlarga yuborildi
Foto: Dehqonobod tuman hokimligi
Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida bir kunda 37 bosh qo‘y va bir bosh ho‘kiz so‘yilib, «Saxovat va ko‘mak» karvoni sifatida qishloqlarga yo‘l oldi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, bugun, 2 may kuni tuman hokimi Zoir Aliqulov boshchiligidagi sektor rahbarlari tashabbusi bilan «Saxovat va ko‘mak» avtokarvoni tashkil etilib, 14 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari dezinfeksiya qilingan holda 214 ta ehtiyojmand oilaga yetkazilgan.
Foto: Dehqonobod tuman hokimligi
«Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan xayriya tadbirini davom ettirib, bir hafta davomida 537 ta ehtiyojmand oilaga 14 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berdik. Bu borada bizga beminnat ko‘mak berayotgan tadbirkorlarga tumandoshlarimiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz», — deydi tuman hokimi Zoir Aliqulov.
Foto: Dehqonobod tuman hokimligi
Tuman IIB boshlig‘i G‘ayrat Haydarov boshchiligidagi IIB xodimlari ham o‘z hisobidan 50 ta xonadonning har biriga 450 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ulashgan.
Foto: Dehqonobod tuman hokimligi
Qo‘shimcha qilinishicha, tumanda ehtiyojmand oilalarning 837 nafar vakili bandligi ta’minlangan. Shundan 775 nafari mavsumiy ishga jalb qilingan bo‘lsa, 52 nafari jamoatchilik ishlari bilan band etilgan.
Bundan tashqari ehtiyojmand oilalarga 147 gektar yer ham ajratilib, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun imkoniyat yaratib berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?