Jizzax shahar IIO FMB xodimlari tomonidan Sharof Rashidov tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida fohishaxona faoliyat ko‘rsatayotganligi aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Sharof Rashidov tumani «Ziyokor» mahallasida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan M.T. va shu tumanning «Saroylik» mahallasida istiqomat qiluvchi 1999 yilda tug‘ilgan M.A. «Ittifoq» mahallasida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan, turmushidan ajrashgan N.T. bilan yaqin aloqa qilayotgan vaqtda ushlangan.
Shuningdek, fohishaxonada Baxmal tumani O‘smat shaharchasida ro‘yxatda turgan, turmushdan ajrashgan, 25 yoshli N.X. hamda Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida ro‘yxatda turgan, turmushga chiqmagan 17 va 18 yoshli opa-singil M.A. va O‘.A. ham bo‘lgan.
Opa-singilning bildirishicha, Sharof Rashidov tumani «Toqchilik» mahallasida yashovchi, turmushdan ajrashgan, 1982 yilda tug‘ilgan uy bekasi D.R. ularni qo‘rqitish yo‘li bilan fohishalik qilishga majburlagan.
Qo‘shmachi ayollarni muntazam urib, haqoratlagan, agarda fohishalik qilishdan bosh tortsa, oila a’zolari va mahalladoshlariga qilmishlari to‘g‘risida ma’lumot berishini aytib, bosim o‘tkazib kelgan. D.R. ayollarning xizmatini 100 ming so‘mga baholagan. Shuningdek, u «mijoz» topish hamda ayollarni «buyurtma» asosida yetkazish bilan shug‘ullangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi