20:25 / 03.05.2020
2 633

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda uyiga qaytgan odamlar bilan muloqot qildi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda uyiga qaytgan odamlar bilan muloqot qildi (foto)
«Davlatimiz rahbari kecha suv toshqiniga duch kelgan qishloqlarda bo‘lib, hududni tozalash, infratuzilma ob’ektlarini tiklash, aholi uchun sharoit yaratish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.

Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa, Suv xo‘jaligi vazirliklari, huquq-tartibot idoralari, qurilish-ta’mirlash tashkilotlari va mahalliy hokimliklarning o‘zaro muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlari natijasida bu yo‘nalishda jadal ishlar olib borilmoqda. Toshqin tufayli hosil bo‘lgan chiqindilar yig‘ishtirilib, hudud dezinfeksiya qilinmoqda. O‘t o‘chirish mashinalari yordamida ko‘lmaklardagi suv tortib olinmoqda. Yo‘llar ochilib, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari tiklanmoqda.

Natijada bugun ayrim mahallalarda oilalar o‘z uylariga qayta boshladi. Boshqa joylarda tozalash-ta’mirlash ishlari tezkor sur’atlarda davom etmoqda. Yaqin vaqtlarda ularda ham zarur sharoitlar yaratilib, hayot yana o‘z iziga tushadi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Prezident Sardoba tumanidagi «Qo‘rg‘ontepa» mahallasini borib ko‘rdi. Hukumat komissiyasi mutasaddilari amalga oshirilgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berdi.

Ushbu mahalla fuqarolar yig‘inida 530ta xonadon bo‘lib, 4200 nafar aholi istiqomat qiladi. Hudud suv toshqiniga birinchi bo‘lib duch kelgan, odamlar tezkor ravishda xavfsiz joylarga ko‘chirilgan edi.

Katta kuch va texnika vositalari, askarlar, xodimlar jalb qilinib, amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar natijasida tabiiy ofat oqibatlari bartaraf etilyapti, odamlar o‘z uylariga qayta boshladi.

Davlat rahbari shunday uylardan biriga kirib, xonadon egalaridan hol-ahvol so‘radi. Barcha qatori ularga ham moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilishi, hech kim e’tibor va g‘amxo‘rlikdan chetda qolmasligini yana bir bor ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev qadrdon makoniga qaytgan mahalla aholisi bilan muloqotda bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda uyiga qaytgan odamlar bilan muloqot qildi (foto)