date
views 2 176

MIB faoliyatidan: Samarqanddagi homiy tashkilotlar ehtiyojmandlarni qo‘llamoqda

MIB faoliyatidan: Samarqanddagi homiy tashkilotlar ehtiyojmandlarni qo‘llamoqda
Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan bugungi sinovli kunlarda aholimizning ehtiyojmand qismiga moddiy ko‘mak ko‘rsatish borasida ezgu tashabbuslarni ilgari surilmoqda. Kam ta’minlangan oilalarning elektr energiyasi, tabiiy gazdan bo‘lgan qarzdorliklarini to‘lab berilishi, turli ijro varaqalariga asosan qo‘llanilgan jarimalarni bartaraf etilishi shular jumlasidandir.

Karantin davrida Byuroning Samarqand viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar bo‘limlari tomonidan bu masalada insonparvarlik tamoyili asosida yondashilmoqda.

Byuroning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan olib borilgan targ‘ibot tadbirlari va tushuntirishlar ishlari mahsulida ushbu maqsadlarga Samarqand shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan “Samarqand Texmak Mato” qo‘shma korxonasi tomonidan 10 mln. so‘m, “Sino eko plast” MCHJ tomonidan 5 mln. so‘m va “ELXOLDING” IICHB tomonidan 1 mln. 277 ming so‘m mablag‘ o‘tkazib berildi.

Ushbu mablag‘ qarzdorlikni to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolarimizning qarzdorligini qoplashga yo‘naltirildi. Bu boradagi xayriya tadbirlari davom etmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB faoliyatidan: Samarqanddagi homiy tashkilotlar ehtiyojmandlarni qo‘llamoqda