2020 yil 02 may kuni fuqaro 60 yoshli B.A., Jomboy tuman IIBga ariza bilan murojaat qildi. U o‘z arizasida 2020 yil 27 aprel kunidan 28 aprel kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Jomboy tumani Beruniy ko‘chasida joylashgan oshxonasida hech kim yo‘qligi hamda oshxonaning akfa derazasi ochiqligidan foydalanib ichkariga kirib, oshxonada turgan temir seyf eshigini buzgani bayon etilgan.
Shuningdek, xona ichidagi 2.830.000 so‘m va 1 AQSH dollari kupyurasidagi jami 65 AQSH dollari miqdoridagi naqd pullari hamda umumiy bahosi 24.170.000 so‘mlik har xil turdagi ayollar tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketgan. Aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish va talon-toroj qilingan narsalarini topishda amaliy yordam berishni so‘ragan.
Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Jomboy tumanida yashovchi 25 yoshli J.O‘., sodir etganligi aniqlanib, undan bir dona ayollar tilla zanjiri, 1.570.000 so‘m, bir dona 20 AQSH dollari, ikki dona 2 AQSH dollari, olti dona 1 AQSH dollari miqdoridagi pullar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirilib olingan.
Holat yuzasidan Jomboy tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi