Foto: tengrinews.kz
O‘zbekiston Qozog‘istonga suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish uchun 209 nafar shaxsiy tarkib, 169 ta texnikalaridan iborat qo‘shimcha kuch va vositalarni jo‘natdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori bilan bog‘liq favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston prezidentining maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Turkiston viloyatining favqulodda vaziyatdan zarar ko‘rgan hududlarida bo‘ldi.
Bu yerda suv toshqini natijasida yuzaga kelgan favqulodda vaziyat oqibatlari yana bir karra o‘rganilib, zarur tadbirlar belgilab olindi.
“Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasi tarafidan 209 nafar shaxsiy tarkib, 169 ta qishloq xo‘jaligi, muhandislik va yong‘in-qutqaruv texnikalaridan iborat qo‘shimcha kuch va vositalar mazkur hududga yetib bordi”, - deyilgan xabarda.
Hozirda favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv ombori bilan bog‘liq favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etishda Qozog‘istonga yordam berishga tayyorligini bildirgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi