23:02 / 06.05.2020
1 732

Adliya vazirligi va “Yuksalish” harakati tomonidan navbatdagi gumanitar yordam sirdaryoliklarga yetkazildi

Adliya vazirligi va “Yuksalish” harakati tomonidan navbatdagi gumanitar yordam sirdaryoliklarga yetkazildi
Texnogen ofatdan jabr ko‘rganlarga ko‘maklashish maqsadida Adliya vazirligi va “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan tashkil etilgan “Salom, Sardoba, biz birgamiz!” xayriya aksiyasi doirasida navbatdagi insonparvarlik yuklari shakllantirildi.

Mazkur yuklarni qabul qilishda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etgan holda dezinfeksiya qilish ishlari tashkil etildi.
Shuningdek, mahalliy xokimiyat vakillari va jamoatchilik ishtirokida bevosita jabr ko‘rganlarning ehtiyojlari o‘rganildi.

Sirdaryoliklarga yordam qo‘lini cho‘zishga shoshilgan saxovatli aholimiz joriy yilning 3-5 may kunlari davomida hayotiy zarur ehtiyojlar uchun mo‘ljallangan buyumlarni va oziq-ovqat mahsulotlarini topshirishdi.
Jumladan, Albina Karimova, Otabek Sheraliyev, Islomaziz Begmatov, Aleksey Soy va shu kabi 100 dan ortiq fuqarolarimiz bolalar va kattalar uchun yangi kiyimlar, sochiqlar, idish-tovoqlar, gigiyena vositalari va hatto bolalar o‘yinchoqlari olib kelishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lgan va homiylik tadbirlarida muntazam qatnashib kelayotgan Umida Xusainova ham aksiyaga qo‘shilgan
holda 50 mln. so‘mdan ortiq qiymatdagi mahsulotlarni yetkazdi.
Ismi sir qolishini iltimos qilgan tadbirkor bolalar uchun 1 000 ta futbolka taqdim etdi.

Bu jarayondan nafaqat fuqarolar, balki tashkilotlar ham chetda qolishmadi. Masalan, “BEVERLee Business” MCHJ tomonidan 1 750 dan ortiq shaxsga mo‘ljallangan zaruriy buyumlar olib kelindi.
O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati esa jami 5 400 tadan iborat bo‘lgan matratslar, yostiqlar, ko‘rpa-to‘shaklar, yoping‘ichlar, rezina etiklar va gigiyena vositalarini topshirdi.

O‘zbekiston-Turkiya ishbilarmonlari uyushmasi (UTID) va Shodiyev xalqaro fondi tomonidan 1 500 ta ijtimoiy yordam to‘plami, 260 ta paketda trikotaj mahsulotlari, 50 ta sumkada o‘quvchiar uchun kanstovarlar topshirildi.
10 dan ziyod mashinalarga ortilgan yuklar sanitariya ko‘rigidan o‘tgan holda ichki ishlar organlar kuzatuvi ostida Sirdaryo viloyatiga yetkazildi.

Gumanitar yordam ikki guruhga bo‘lingan holda Guliston shahri va Oqoltin tumanida o‘z egalariga tarqatidi.
Birinchi guruh yuklari Guliston shahridagi Yuridik kollej binosiga (400 nafar fuqaro) hamda Guliston ixtisoslashtirilgan san’at maktabi binosiga (300 nafar fuqaro) joylashtirilgan sirdaryoliklarga berildi.

Ikkinchi guruh Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumaniga tashrif buyurib 150 nafardan ortiq fuqarolarga oziq-ovqat, kiyim-kechak va gigena vositalarini topshirishdi.
Texnogen ofatdan jabrlangan fuqarolarimiz ushbu ko‘rsatilgan yordam uchun, og‘ir kunlarda ularga yelkadosh bo‘lgan barchaga o‘zlarining minnatdorchiliklarini izhor etishdi.

Qayd etish lozimki, aksiya doirasida “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan maxsus hisob raqami (20212000100981895003) ochilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar tashkilotlardan 67 mln. so‘m o‘tkazildi.
Payme va Click to‘lov tizimlari orqali fuqarolardan 36 mln. so‘m kelib tushdi.

Ushbu mablag‘lar falokatdan jabr ko‘rgan sardobaliklarga o‘zlari bilan bevosita maslahatlashgan holda, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun kerak bo‘lgan ehtiyojlariga yo‘naltiriladi.

Bugun xayriya aksiyasiga o‘zining beminnat hissasini qo‘shishga oshiqqan yurtdoshlarimiz, tadbirkorlarimiz o‘ziga xos bag‘rikenglik, hamjihatlilik kabi fazilatlarni yana bir bor namoyon etmoqda.
Aksiya tashkilotchilari unda ishtirok etgan saxiy va saxovatli xalqimizga va faol ko‘ngillilarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Adliya vazirligi
matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Adliya vazirligi va “Yuksalish” harakati tomonidan navbatdagi gumanitar yordam sirdaryoliklarga yetkazildi