Prezident Shavkat Mirziyoyev 7 may kungi videoselektor yig‘ilishida koronavirus pandemiyasi haqida gapirar ekan, qatnovlar to‘xtagani sabab O‘zbekistonga qayta olmagan vatandoshlarni qaytarish haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
«Hammalaringning xabarlaring bor, ko‘p davlatlarda O‘zbekiston fuqarolari bor. Biz hozir tizimli ravishda, imkoniyatimizga qarab ularni baribir olib kelishimiz kerak. Rossiya, Turkiya, Dubay va boshqa joylardan olib kelishni boshladik ham.
Ular orasida ancha qiynalganlari bor. 11 mingga yaqini ancha qiynalgan. Reja qilib, birinchi navbatda ularni olib kelish bo‘yicha choralar ko‘ryapmiz», – dedi davlat rahbari.
Prezident charter reyslar orqali olib kelingan fuqarolar orasida koronavirus yuqtirib olganlar oz emasligi va shuni inobatga olib, tegishli ehtiyot choralarini ko‘rish zarurligini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyevning qayd etishicha, ayni paytda O‘zbekistonda 45 ming kishi karantinda bo‘lib turibdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?