Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1803 nafarga yetdi.
Poytaxtdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 1 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 6 nafar hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 6 nafar, jami 13 nafar bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiya kuzatildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalgan 27 yoshli erkak Qoraqalpog‘iston Respublikasidan bo‘lib, Qozog‘iston orqali yurtimizga kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan.
Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 4 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, 1 nafari Rossiyadan, 2 nafari Qozog‘istondan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 3 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent shahridan 2 nafar, Qozog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent va Namangan viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlar orasida eng yoshi kattasi 43 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 18 yoshda.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida shifo topganlarning barchasi Toshkent shahridan bo‘lib, 2 nafari Rossiyadan, 1 nafari esa Turkiyadan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 3 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 4 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 45 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 18 yoshda.
Toshkent shahrida shu paytga qadar 548 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 561 nafarga yetdi.
Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1803 nafarga yetdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi