date
views 3 614

So‘nggi soatlarda yana 13 kishida koronavirus aniqlandi

So‘nggi soatlarda yana 13 kishida koronavirus aniqlandi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 13 kishida koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati qayd etilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 9 may soat 16:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2349 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

So‘nggi haftalarda O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalayotganlar soni yangi kasallanish holatlaridan ko‘p bo‘lmoqda.
8 may kuni 27ta yangi zararlanish holati qayd etilib, 119 bemor tuzaldi - bu kunlik tuzalishlar soni bo‘yicha eng yuqori natija bo‘ldi.

Shu vaqtgacha bemorlarning 1803 nafari tuzalgan, 10 kishi vafot etgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » So‘nggi soatlarda yana 13 kishida koronavirus aniqlandi