08:00 / 11.05.2020
2 540

Xalqaro yo‘nalishlarda yuk tashuvchi namanganlik 5 nafar haydovchida koronavirus aniqlandi

Xalqaro yo‘nalishlarda yuk tashuvchi namanganlik 5 nafar haydovchida koronavirus aniqlandi
Foto: Google Images
Xalqaro yo‘nalishlarda yuk tashish bilan shug‘ullanib kelgan namanganlik 5 nafar haydovchi koronavirus infeksiyasiga chalingani aniqlangan. Ular hozirda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutasaddilari ma’lum qildi, deya xabar beradi «Daryo».

2020 yilning 15 aprelidan 10 may kuniga qadar O‘zbekistonga xalqaro yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi jami 556 nafar Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro kirib kelgan. Ularning 244 nafari yopiq karantinga joylashtirilib, barchasidan tahlillar olingan.

222 nafar haydovchi boshqa viloyat hududida harakatlanib, 90 nafari esa MDH davlatlariga chiqib ketganligi ma’lum bo‘lgan. 10 may holati bo‘yicha viloyat hududiga kelgan 45 nafar chet ellik yuk tashuvchi vaqtinchalik karantinga olingan bo‘lib, tahlillar natijasiga ko‘ra viloyat hududidan chiqarib yuboriladi.

«Sinovli kunlarda jiddiy tashvish tug‘dirayotgan xavflardan biri — uzoq va yaqin xorijga qatnovchi yuk mashinalari haydovchilarining karantin qoidalariga amal qilmasligi bilan bog‘liq. Belgilangan tartiblarga ko‘ra, bu toifa insonlar viloyatga kirib kelishlari chog‘ida qat’iy ravishda koronavirus infeksiyasiga tibbiy tekshiruvga jalb etiladi. Buning uchun tegishli mutaxassislardan iborat tizim xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Ammo shunday muhim va zarur amaliyotdan bo‘yin tovlash va o‘zini chetga olish holatlari ham kuzatilmoqda», — deydi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Solijon Mo‘minov.

«O‘zga yurtlarda bo‘lib Namanganga qaytyapsizmi, demak, sizga sanitariya-epidemiologik vaziyatga tahdid tug‘diruvchi sifatida gumon bilan qaralishi tabiiy. Ya’ni sizning to‘la sog‘lom va koronavirusni yuqtirib olmaganligingizga kafolat yo‘q. Barcha gumonlardan xoli bo‘lish uchun esa oilangiz va yaqinlaringiz oldiga borishdan avval, birinchi navbatda tibbiy tekshiruvlardan o‘tishingiz, belgilangan tartibga muvofiq alohidalanishingiz zarur», — deyiladi boshqarma tomonidan e’lon qilingan murojaatda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xalqaro yo‘nalishlarda yuk tashuvchi namanganlik 5 nafar haydovchida koronavirus aniqlandi